Hazrati Imom kompleksi yaqinidagi asosiy koʻcha 5 oyga yopiladi

E’lon qilingan sana· 107
Hazrati Imom kompleksi yaqinidagi asosiy koʻcha 5 oyga yopiladi

Poytaxtning Olmazor tumanidagi Qorasaroy koʻchasi transport vositalari uchun uzoq muddatga yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu koʻchada qurilish-ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli ushbu koʻchada 2025-yil 2-apreldan sentyabr oyigacha transport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatiladi.

Yopiladigan qism: Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishgan joydan Nurafshon ko‘chasi bilan kesishgan joygacha.

Hokimlik noqulayliklar uchun uzr soʻrab, haydovchilarga muqobil yoʻnalishlardan foydalanib, oʻz yoʻllarini oldindan rejalashtirishni tavsiya qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Hazrati Imom kompleksi yaqinidagi asosiy koʻcha 5 oyga yopiladi — Toshkent Afishasi