Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

E’lon qilingan sana· 299
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zgidromet agentligi 4−6-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga koʻra, dam olish kunlari joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida juma kuni kunduzi yog‘ingarilik kutilmaydi, 4-aprelda kechga tomon, 5-aprelda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 5-aprelda kunduzi biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

6-aprelda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5−10 m/s tezlikda esadi, 4-aprelda kechga tomon 12−15 m/s gacha kuchayadi.

Harorat 4-aprelda +28…+30 daraja, 5−6-aprelda +23…+26 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +12…+15 daraja bo‘ladi.

Juma kuni davomida respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechga tomon va 5-aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida juma kunduzi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 5-aprel kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.

6-aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

4−6-aprel kunlari harorat foni ancha yuqori bo‘ishi saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo +23…+28 darajagacha, ba’zi joylarda +30 darajagacha isiydi. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling