Dubaydagi mashhur musiqali favvora uzoq vaqtga yopiladi

Dubaydagi dunyoning eng yirik musiqali favvorasi o‘zining so‘nggi shousini 19-aprel, shanba kuni namoyish etadi. Shundan soʻng rekonstruksiyaga 5 oyga yopiladi, deya xabar bermoqda “Time Out Dubai” nashri.
“Burj Halifa” binosi yaqinida joylashgan musiqali favvorada kompleks rekonstruksiya ishlari olib boriladi, shu sababli 2025-yilning katta qismida u yopiq boʻladi — u kamida oktyabrgacha tashrif buyuruvchilar uchun yopiq boʻladi.
Favvora ish boshqaruvchilari — “Emaar” kompaniyasining avvalgi e’lonida ta’mirlash ishlari besh oy davom etishi aytilgan, ammo ertaroq yopilishi uning uzoqroq muddatga yopilishini anglatadimi yoki yo‘q — noma’lum.
Hozirda favvora barcha uchun har kuni 18:00 dan 23:00 gacha har yarim soatda bepul shou namosish etadi.
U dunyodagi eng baland musiqiy favvora hisoblanadi. U bir soniyada 140 metr balandlikka 830 000 litrdan ortiq suvni otib, yorqin chiroqlar va musiqa jo‘rligida namoyon bo‘ladi. Unda Maykl Jekson, Andrea Bochelli va boshqa jahonga mashhur ijrochilarning qo‘shiqlari yangraydi.