Yangi O‘zbekiston ko‘chasida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

E’lon qilingan sana· 656
Yangi O‘zbekiston ko‘chasida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

13-aprel kuni tungi soat 00:00 dan kunduzgi soat 16:00 ga qadar Yangi O‘zbekiston ko‘chasida hamda unga tutash ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga sabab Toshkent shahrida shu kuni yirik sport tadbirlari oʻtkaziladi. Jumladan:

  • “VII Toshkent xalqaro marafoni”;
  • “Inson uchun” hayriya yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Hokimlik keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling