Mirzo Ulugʻbek tumani Sultoniya koʻchasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

E’lon qilingan sana· 177
Mirzo Ulugʻbek tumani Sultoniya koʻchasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

Mirzo Ulugʻbek tumani Sultoniya ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu koʻchada yuqori kuchlanishli (10 kV) yer osti elektr uzatish kabel liniyalarini o‘tkazish ishlari boshlanadi.

Shu munosabat bilan, 2025-yil 10-aprel soat 10:00 dan 30-aprel soat 17:00 gacha Sultoniya ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidan to Sultoniya 5-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transport harakati qisman cheklanadi. Harakatlanish bir qatorda amalga oshiriladi.

Hokimlik keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr soʻragan va yo‘nalishni oldindan rejalashtirishni tavsiya etgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling