Avtobus yoʻlaklarida harakatlangan mashinalar uchun jarima belgilanadi

Avtobus yoʻlaklarida harakatlangan mashinalar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi toʻgʻrisidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Unga koʻra, haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda ularga tutash hududlardagi yashil maydonlardan haydagani, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilgani, shuningdek yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalari harakatlangani bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno):
- BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga;
xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa:
- BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Ma’lumot uchun, BHMning bir baravari 375 000 soʻmni tashkil etadi.