YHXX jarimalar haqida ma'lumot olish uchun yangi ilova ishlab chiqdi

E’lon qilingan sana· 370
YHXX jarimalar haqida ma'lumot olish uchun yangi ilova ishlab chiqdi

Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati yangi “Safe Road” ilovasini ishlab chiqdi. Endi haydovchilar “Road 24” emas, ushbu yangi ilova orqali jarima va boshqa ma’lumotlarni olishi mumkin boʻladi.

Ilova orqali nafaqat jarimalar, balki sugʻurta, “tonirovka” ruxsatnomasi ma’lumotlarini saqlash, avtoraqam sotib olish, ishonchnoma rasmiylashtirish va bir qator xizmatlarni amalga oshirish mumkin.

“Safe Road” ilovasini Play Market yoki App Store orqali bepul yuklab olish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling