"Malika" bozori yonidagi yoʻl 13 kunga yopildi

E’lon qilingan sana· 184
"Malika" bozori yonidagi yoʻl 13 kunga yopildi

“Malika” bozori yaqinidagi ko‘chaning bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Turkqoʻrgʻon koʻchasining Xurshida koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismida 13-aprel kunidan 25-aprel kuniga qadar 35 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Harakat har ikki yoʻnalishda yoʻlning bitta tomoni orqali amalga oshiriladi.

Hokimlik haydovchilardan noqulaylik uchun uzr soʻrab, aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling