O‘zbekistonda innovatsiyalar va sog‘liqni saqlash: Siberian Wellness 15 yilligini nishonlamoqda

Siberian Wellness O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganiga 15 yil to‘ldi. Bu vaqt mobaynida kompaniya mamlakat iqtisodiyoti va ekologiyasining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi, ko‘plab ijtimoiy va ekologik loyihalarni amalga oshirdi.
2010-yilda O‘zbekiston Siberian Wellness’ning xalqaro tarmog‘ida yettinchi davlatga aylandi. Kompaniya global bozorga 2005-yilda chiqqan. Bugungi kunda O‘zbekistonda 150 ta brend do‘koni, Toshkent shahrida rasmiy vakolatxona va ISO, GMP, FSSC hamda Halol standartlari bo‘yicha sertifikatlangan Namangan viloyatidagi ishlab chiqarish majmuasi faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, Siberian Wellness 415 gektar mevali bog‘larga egalik qiladi, bu yerda o‘rikdan tortib gilosgacha bo‘lgan to‘qqiz xil mevali daraxt yetishtiriladi. Bu kompaniyaning tabiiylik va sifatga sodiqligini yana bir bor namoyon etadi.
Siberian Wellness O‘zbekistonda 15 yil davomida ofis, ishlab chiqarish va ekologik bog‘larda yuzlab ish o‘rinlarini yaratdi.
Namangan viloyatidagi ishlab chiqarish majmuasi Sibirda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga to‘liq mos keladi.
Yildan-yilga kompaniyaning mahsulotlar assortimenti O‘zbekistonda tobora kengayib bormoqda. Mamlakatda quyidagi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi:
- Daily Box — salomatlik uchun kundalik yechimlar;
- Siberian Super Natural Nutrition — go‘zallik va farovonlik uchun premium dasturlar;
- sportchilar uchun mahsulotlar — sport ozuqalari — proteinlar, aminokislotalar va vitaminlar;
- kollagen — teri, soch va bo‘g‘imlar salomatligini qo‘llab-quvvatlovchi vositalar;
- atirlar — yangi “Choy an’analari” nomli atirlar to‘plami — bu turli choy marosimlarining noyob iforlarini aks ettiruvchi parfyumeriya seriyasi.
Turli mamlakatlarning madaniyati va iforlariga sayohatga chorlaydi.
Sotuvdagi xit mahsulotlar va ekspertlar e’tirofi
Siberian Wellness kompaniyasining xit mahsulotlari orasida o‘zining samaradorligi, tabiiy tarkibi va innovatsion formulalari bilan iste’molchilarning ishonchini qozongan quyidagi mahsulotlar ajralib turadi:
- “Корень” — keng ta’sir doirasiga ega universal balzam;
- “Новомин” — A, E va C vitaminlarining maksimal samaradorlikdagi patentlangan kompleksi;
- Immuno Box — immun tizimini har kuni qo‘llab-quvvatlovchi tabiiy kompleks;
- “Tabiiy inulin konsentrati” — topinambur (yernok) asosidagi mahsulot bo‘lib, moddalar almashinuvini yaxshilaydi va ichak faoliyatini me’yorga keltiradi;
- “Salomatlik ritmlari” — organizmning xronobiologik ritmlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan vitamin-mineral kompleksi;
- “Истоки чистоты” — organizmni ko‘p bosqichli tozalash uchun mo‘ljallangan vositalar seriyasi.
Siberian Wellness mahsulotlari nafaqat iste’molchilar orasida talabgir, balki professional hamjamiyat tomonidan ham yuqori baholandi. 2023-yilda kompaniya “Yil brendi” mukofotiga sazovor bo‘ldi — bu bolalar uchun sifatli vitamin-mineral komplekslarini yaratish va sog‘liqni saqlash sanoatini rivojlantirishdagi hissasi uchun berildi. 2024-yilda kompaniya yana bir mukofotni qo‘lga kiritdi — ilg‘or texnologiyalar va ilmiy yondashuv asosida ishlab chiqilgan innovatsion qo‘shimchalar uchun. Ushbu yutuqlar Siberian Wellness’ning O‘zbekistondagi va xalqaro wellness sanoatidagi nufuzini mustahkamladi.
Ijtimoiy mas’uliyat va ekologik yondashuv
Ekologik va ijtimoiy tashabbuslar Siberian Wellness strategiyasida alohida o‘rin tutadi. 2020-yilda kompaniya “Yaxshilik karvoni” tashabbusi doirasida Sardoba suv ombori halokatidan jabr ko‘rganlarga yordam sifatida 180 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratdi. Kompaniya “Hayot. Жизнь” nomli itlar boshpanasi va Mushukkent dasturini qo‘llab-quvvatlaydi. Mushukkent — ko‘cha mushuklarini sterilizatsiya qilish va ularni himoya qilishga qaratilgan dastur. Ushbu tashabbuslar kompaniyaning atrof-muhit va hayvonlarga nisbatan insonparvar yondashuvini namoyon etadi.
2022-yilda kompaniya xodimlari va hamkorlari Toshkentdagi Furqat bog‘ida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish aksiyasini tashkil qildi. Unda 200 ta qarag‘ay va yong‘oq daraxti ko‘chatlari ekildi. Ular havoning sifatini yaxshilashga va shahar aholisi uchun yashil dam olish zonalarini yaratishga xizmat qiladi. Kompaniya ikki yil davomida qurigan Orol dengizi tubida 14 220 ta saksovul va 500 ta sho‘rga chidamli manzarali daraxt ko‘chatini ekdi. Bu o‘simliklar tuproq eroziyasiga qarshi kurashish va ekologik falokatdan jabr ko‘rgan mintaqadagi ekotizimni tiklashga yordam beradi. Ushbu loyihalar Xalqaro Qoraqalpog‘iston innovatsion markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, bu esa kompaniyaning global ekologik muammolarni hal qilishdagi jiddiy yondashuvini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishda qayta ishlanadigan qadoqlash materiallari qo‘llaniladi, texnologik jarayonlar esa energiya iste’molini va chiqindilarni kamaytirish uchun optimallashtirilgan.
Ekologik tashabbuslar bilan bir qatorda, Siberian Wellness O‘zbekistonda sport va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniyaning faol yo‘nalishlaridan biri — plogging (yugurish paytida chiqindilarni yig‘ish), bu jismoniy faollik va atrof-muhitga g‘amxo‘rlikni birlashtiradigan sport hisoblanadi. Siberian Wellness Tashkent Ploggers loyihasini faol qo‘llab-quvvatlaydi va ular bilan birgalikda bir necha bor plogging tadbirlarini o‘tkazgan. 2024-yil avgust oyida loyiha bir yilligini nishonladi, bu davr ichida 479 kishi ishtirok etdi, 876 ta chiqindi to‘plami, 1690 ta plastik shisha va 1812 ta plastik qopqoq yig‘ilib, qayta ishlashga yuborildi.
15 yillik yubiley va yangilangan logotip
24-aprel kuni Siberian Wellness O‘zbekistonda o‘zining 15 yillik muvaffaqiyatli faoliyatini nishonlaydi va ushbu muhim bosqich ramzi sifatida yangilangan logotipini taqdim etdi. Yangi dizayn o‘zbekcha an’anaviy naqshlarni o‘z ichiga olgan — bu nafis naqshlar mahalliy madaniyatdan ilhomlangan bo‘lib, uyg‘unlik, go‘zallik va an’analarga hurmatni ifodalaydi. Bu element kompaniyaning O‘zbekiston tomonidan yaratilgan imkoniyatlarga minnatdorligini, halol va ijtimoiy yo‘naltirilgan biznes yuritish uchun ochilgan yo‘llarni e’tirof etadi hamda o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
Yubiley kompaniya uchun yangi, ulkan maqsadlarni belgilashga turtki bo‘ldi — Siberian Wellness har ikkinchi o‘zbekistonlik uning sog‘liq va go‘zallik uchun innovatsion mahsulotlaridan foydalanishini istaydi. Bu shunchaki tijorat vazifasi emas, balki aholi hayot sifatini tabiiy va samarali wellness yechimlariga bo‘lgan imkoniyatlar orqali yaxshilashga qaratilgan missiyadir.
“Biz bosib o‘tilgan yo‘l bilan faxrlanamiz va biz bilan bo‘lgan har bir kishiga minnatdorchilik bildiramiz. Bu — faqat boshlanishi. Qo‘shiling — birgalikda O‘zbekistonni sog‘lomlashtiramiz”, — deydi Siberian Wellness’ning country direktori Olesya Koloskova.
Bu biologik faol qo‘shimchalar dori vositasi hisoblanmaydi. Qo‘llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.
Telefon: (+998) 78−113−87−67.
Sayt: uz.siberianhealth.com
Facebook: fb.com/siberianwellnessuzbekistan
Instagram: @siberianwellness_uzbekistan
Telegram: t.me/swuzbekistan
Reklama huquqlari asosida.