Fargʻonadan Urumchiga aviaparvozlar yoʻlga qoʻyiladi

E’lon qilingan sana· 81
Fargʻonadan Urumchiga aviaparvozlar yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekiston va Xitoyni bogʻlovchi Farg‘ona — Urumchi — Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, parvozlar 18-apreldan boshlab amalga oshiriladi.

Xitoyda amaliy tashrif bilan borgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya 14-aprel kuni Urumchi shahrida yangi aviaqatnovga tantanali start berish marosimida ishtirok etdi.

“Mazkur aviaparvoz ikki hududni bog‘lash, savdo, iqtisodiy-investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi”, — deyiladi xabarda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling