Toshkent Buxoro va Samarqandga qoʻshimcha "Afrosiyob" qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
E’lon qilingan sana: · 415

21-aprel-1-may oraligʻida Toshkentdan Samarqand va Buxoro shaharlariga qoʻshimcha “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Temiryoʻlekspress” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Toshkent — Samarqand — Toshkent
24, 25, 26, 27-aprel kunlari qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi: Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15;
- 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi: Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.
Toshkent — Buxoro — Toshkent
21, 22, 28, 29, 30-aprel va 1-may kunlari qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 778-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi: Toshkent 06:10 — Buxoro 10:14;
- 777-sonli “Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi: Buxoro 17:55 — Toshkent 22:03.