Anons

Samarkand Marathon

E’lon qilingan sana· 157
Samarkand Marathon

Samarqandda an’anaviy xalqaro xayriya marafoni — “Samarkand Marathon” bo‘lib o‘tadi.

“Samarkand Marathon” xalqaro xayriya marafoni boʻlib, 2019-yilda tashkil etilgan. Samarqand shahridagi sport tadbirlari bilan bir qatorda Samarqand marafoni doirasida ham maʼrifiy va madaniy dasturlar oʻtkaziladi. Shuningdek, mehmonlar konsertlar va filmlar namoyishi bilan boy madaniy dasturdan bahramand boʻlishadi.

Yugurishga quyidagi masofalarga roʻyxatdan oʻtish mumkin:

  • 42,2 km — 18 yoshdan boshlab;
  • 21,1 km — 18 yoshdan boshlab;
  • 10 km — 16 yoshdan boshlab;
  • 2 km Nordic Walking — 13 yoshdan boshlab;
  • 2 km — 13 yoshdan boshlab;
  • 5 km — 13 yoshdan boshlab;
  • Kids Run 60 — 3 yoshdan 4 yoshgacha;
  • Kids Run 300 — 5 yoshdan 6 yoshgacha;
  • Kids Run 600 — 7 yoshdan 8 yoshgacha;
  • Kids Run 1000 — 9 yoshdan 11 yoshgacha.

Ishtirok etish narxi:

  • 5 km, 10 km, 21 km, 42 km masofalar — 250 000 soʻmdan 300 000 soʻmgacha;
  • 2 km, Kids Run va Nordic Walking — 200 000 soʻmdan 250 000 soʻmgacha.

Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Tashkilotchi: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval

    • 8-noyabr
      shanba
    • 9-noyabr
      yakshanba