Milliy kutubxona yaqinidagi ko‘chalar besh kunga yopiladi
E’lon qilingan sana: · 326

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yaqinidagi ko‘chalar Toshkent Gullari Festivali oʻtkazlishi munosabati bilan transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Festival munosabati bilan 29-apreldan 3-maygacha quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi:
- Zarafshon koʻchasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qoʻriqlash punkti va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;
- Istiqlol koʻchasining A.Temur va Buyuk Turon koʻchalari oraligʻidagi qismi;
- Buyuk Turon koʻchasining Istiqlol koʻchasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha boʻlgan qismi.
Hokimlik matbuot xizmati haydovchilarga muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.