O‘zbekistonda may oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

E’lon qilingan sana· 274
O‘zbekistonda may oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

Oʻzgidromet agentligi may oyida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga koʻra, birinchi o‘nkunlikda O‘zbekiston bo‘ylab juda issiq va quruq ob-havo hukmron bo‘lishi kutilmoqda.

1−2-may kunlari havo kunduzi +28…+30 darajagacha isiydi, 3−7-mayda esa havo harorati +34…+37 darajagacha ko‘tariladi.

1−2-may kunlari Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Boshqa hududlarda 1−7-may kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Birinchi o‘nkunlik muddat oxirida harorat biroz pasayadi, ba’zi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, may oyining oxirigacha havo harorati kechasi +17…+22 dan +10…+15 gacha, kunduzi +32…+37 dan +25…+30 gacha o‘zgarib turadi.

Ikkinchi va uchinchi o‘nkunliklarning ayrim kunlarida respublika bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroq va mahalliy darajada kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

May oyida o‘rtacha oylik harorat iqlimiy ko‘rsatkichlardan 1−2 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling