Toshkentdagi “Favvoralar kuni-2025” festivali dasturi

E’lon qilingan sana· 504
Toshkentdagi “Favvoralar kuni-2025” festivali dasturi

Har yili 1-may kuni poytaxtda favvoralar kuni nishonlanadi. Odatda shu kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, shamol esadi, ba’zida yomg‘ir yog‘adi. Bugun +28° issiq bo‘lishi kutilmoqda, shaharning bir qator hududlarida favvoralarni yoqishdan tashqari, hokimlik tomonidan ko‘ngilochar dastur tayyorlanib, soat 18:00 dan 21:00 gacha o‘tkaziladi.

River Park — Taraqqiyot turizm ko‘chasidagi favvora:

  • 18:00 — “Karkocha” masxarabozi va janob Bin obrazidagi animatorlar chiqishi;
  • 18:00−18:30 — milliy qo‘shiq va raqslar ijrosi;
  • 19:00−19:30 — britaniyalik musiqachilarning “Ingliz qorovuli” nomli tantanali marsh-orkestri;
  • 19:30−21:00 — “Jazz” ansambli musiqiy dasturi, maxsus mehmon — Zohida.

Alisher Navoiy nomidagi DAKT oldidagi favvora:

  • 18:00 — “Versal” uslubidagi animatorlar chiqishi;
  • 18:45−18:55 — klassik uslubdagi raqs tomoshasi;
  • 18:55−19:00 — boshlovchi ishtirokidagi ochilish marosimi;
  • 19:00−21:00 — akademik orkestrning tantanali konsert dasturi.

Pushkin maydonidagi favvora:

  • 18:00 — haykal va shisha obrazidagi animatorlar chiqishi;
  • 18:30 — an’anaviy rus xalq raqsi;
  • 18:35 — “S. Pushkin” teatri aktyorlari tomonidan sahnalashtirilgan teatr asari;
  • 19:00−19:30 — kaver-ansambl ijrosidagi musiqiy dastur;
  • 19:30−20:00 — ommaviy raqs fleshmob;
  • 20:30−21:00 — DJ King Macarella ijrosi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling