Toshkent–Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezdlar qatnovi 2026-yildan yo‘lga qo‘yiladi
E’lon qilingan sana: · 1 260

Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, 2026-yildan boshlab Toshkentdan Xivaga tezyurar poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadigan zamonaviy poyezdlar Jaloliddin Manguberdi nomi bilan ataladi.
Ta’kidlanishicha, natijada yo‘lga ketadigan vaqt ikki baravarga qisqarib, 7 soat-u 40 daqiqani tashkil etadi. Yiliga 3 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilishi va kelgusida ushbu tezyurar poyezdlar Nukusgacha yetib borishi koʻzda tutilgan.