Oʻzbekistonliklar Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?

E’lon qilingan sana· 298
Oʻzbekistonliklar Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?

Oʻzbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munoabati bilan 5 kunlish ish haftasida ishlovchilar qatorasiga 3 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar esa 2 kun dam oladi. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, dam olish kunlari quyidagicha taqsimlangan:

  • 9-may (juma) — Xotira va qadrlash kuni;
  • 10-may (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
  • 11-may (yakshanba) — dam olish kuni.

Avvalroq Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Milliy kino san’ati saroyida bepul kinonamoyishlar boʻlib oʻtishi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling