"G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasi uch kunga yopildi
E’lon qilingan sana: · 197

Xotira va qadrlash kuniga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “G‘alaba” bog‘i yodgorlik majmuasi uch kunga yopildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Shon-sharaf” davlat muzeyiga yangi eksponatlarni joylashtirish rejalashtirilgan, shuningdek, majmuada tozalash va dezinfeksiya ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan 6−8 may kunlari “G‘alaba bog‘i” memorial majmuasi va “Shon-sharaf” davlar muzeyiga kirish tashrif buyurish uchun vaqtincha yopiladi. Majmua 9-may kuni ochiladi.