Toshkentda "Krispy Kreme" pishiriqlar doʻkoni ochiladi

E’lon qilingan sana· 209
Toshkentda "Krispy Kreme" pishiriqlar doʻkoni ochiladi

Amerikaning “Krispy Kreme” ponchiklar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga rasman kirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Birinchi novvoyxona iyul oyining o‘rtalarida poytaxtdagi Alfraganus savdo markazida, binoni topshirish ishlari yakunlangandan so‘ng ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston bo‘ylab franshizaga eksklyuziv huquqqa ega bo‘lgan Food Town Logistics-Group franshizasi ma’lum qildi.

2025-yil yanvar oyi boshida “Krispy Kreme” Instagramda o‘z sahifasini ochdi va unda doʻkon O‘zbekistonda “tez orada” ishga tushirilishi e’lon qilindi.

“Krispy Kreme” nima va uning oʻziga xosligi nimada?

Krispy Kreme — 1937-yilda Shimoliy Karolina shtatining Uinston-Salem shahrida tashkil etilgan Amerikaning donut ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, shuningdek, qahvaxonalar tarmog‘i. Kompaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri pechdan issiq holda tortiladigan ponchiklari bilan mashhur. Bugungi kunda tarmoq dunyoning 33 mamlakatida 1400 dan ortiq do‘konlarning egasi hisoblanadi.

Shunday qilib, Toshkent shahri aholisi va mehmonlari tez orada butun dunyoda mashhurlikka erishgan mashhur “Krispy Kreme” donutlaridan bahramand bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling