Pure Milky FMCG – “Sut mahsulotlari” nominatsiyasida “Yil brendi –2024” mukofotiga sazovor bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 216
Pure Milky FMCG – “Sut mahsulotlari” nominatsiyasida “Yil brendi –2024” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Pure Milky Works O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mukofotda “Yil brendi – 2024” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Kompaniya yangi mahsulotlarni taqdim etdi, tarqatish kanallarini kengaytirdi va brendni tanitish bo‘yicha ishlarni kuchaytirdi.

“Pure Milky Works” kompaniyasi FMCG sut mahsulotlari kategoriyasi bo‘yicha “Yil brendi — 2024” mukofotini qo‘lga kiritib, O‘zbekistonning sut bozorida yetakchi brendlardan biri sifatida o‘z o‘rnini mustahkamladi. Mazkur mukofotni O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi tashkil qildi. Tashkilotchilar “Kardash & Partners” mustaqil konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda brendning qiymatini tahlil qildi. Tahlil davomida daromadlar prognozlari, royalti stavkalari va brend atributlari kabi bir qator parametrlar inobatga olinadi.

“Pure Milky"ning g‘alabasini ta’minlagan asosiy omillardan biri mahsulotning sifati va ommabopligini oshirishga qaratilgan marketing tashabbuslari bo‘ldi. 2024-yilda kompaniya bozordagi sut mahsulotlari tanqisligiga javoban ultrapasterizatsiya qilingan sutni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu esa mamlakat bo‘ylab iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qildi. “Siz kutgan sut” kampaniyasi O‘zbekistondagi savdo nuqtalaridagi 80% qismini qamrab oldi va brendning ommabopligini sezilarli darajada oshirdi.

Bundan tashqari, kompaniya distributsiya kanallarini faol rivojlantirib, Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Zarafshon kabi yangi hududlarga chiqdi. Bu esa sotuv hajmining oshishiga olib keldi. 2024-yilda “Pure Milky” kulinariyada, sportda va kundalik sog‘lom oziq-ovqat ratsionida o‘z mahsulotlarining imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida 100 dan ortiq bloger bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu qadam brending strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri — iste’molchilarga g‘amxo‘rlik qilishga yana bir bor urg‘u berdi.

“Bizga ishonch bildirgan iste’molchilarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Ularning ishonchisiz bunday yuqori natijalarga erisholmasdik”, — deb ta’kidladi “Pure Milky Works” vakillari.

“Yil brendi — 2024” mukofotini qo‘lga kiritgan “Pure Milky” o‘z mahsulot turlarini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish va qo‘shni davlatlarga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Kompaniya sifatli va tabiiy mahsulotlarni iste’molchilar uchun ommabop narxlarda taqdim etish orqali ishonchli brend sifatida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling