Anons

Rally Muynak

E’lon qilingan sana· 119
Rally Muynak

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida “Rally Muynak” ekstremal avtomobil musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki O‘zbekistonga ham ko‘plab xorijlik sayyohlarni jalb qiladigan o‘ziga xos tadbir hisoblanadi. Mo‘ynoq tumanidagi Ustyurt platosi va Orol dengizining qurigan tubida 4 kun davom etadigan tadbirda mehmonlarni sport avtomobillari, baggi va motosikllarda ekstremal musobaqalar, mohir oshpazlarning gastronomik shoulari va musiqiy konsert dasturlari kutmoqda.

Oltinchi marotaba o‘tkazilayotgan musobaqada Oʻzbekistonning turli hududlaridan kelgan dvigatel hajmi 1600 sm3 va 2000 sm3 bo‘lgan maxsus jihozlangan sport avtomobillari, shuningdek, dvigatel hajmi 2000 sm3 bo‘lgan “BAGGI” sport avtomobillari hamda dvigatel hajmi 125 sm3 dan 500 sm3 gacha bo‘lgan motosikllarda o‘zaro bahslashadi.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval

22-may
payshanba
23-may
juma
24-may
shanba
25-may
yakshanba