Shirin salqinlanish: Toshkentdagi 17 ta muzqaymoq maskani

Bahorning soʻnggi kunlari yozning issiq ob-havosidan darak bermoqda. Afisha.uz tahririyati bu kunlarni “jaziramadan saqlanish uchun nimalar qilish mumkin?” savoli bilan oʻtkazmoqda.
Issiq kunlarda salqinlik baxsh etuvchi eng yoqimli ne’matlardan biri — bu, albatta, muzqaymoqdir. Mazali, rang-barang va erib ketayotgan shirinliklar orasida aynan muzqaymoq yurakni yayratadi, kayfiyatni ko‘taradi. Ushbu jamlanmada esa siz Toshkent shahrida muzqaymoq tanovul qilish mumkin bo‘lgan eng ommabop va sevimli joylar bilan tanishasiz.
Baskin Robbins
1945-yilda tashkil topgan Amerikaning mashhur muzqaymoq kafesi “Baskin Robbins” 2018-yilning oxirida Toshkentda ilk bor ochilgan. Poytaxtda kafening bir nechta filiallari mavjud.
Narxlar:
- 70 gramm (bitta toʻpchasi) — 44 000 soʻm;
- 112 gramm (bitta supertoʻp) — 64 000 soʻm;
- 140 gramm (ikkita toʻpcha) — 88 000 soʻm;
- bolalar seti — 64 000 soʻm.
Manzillar:
- Qori Niyozov ko‘chasi, 61;
- Islom Karimov shoh koʻchasi;
- Qoratash ko‘chasi, 5A;
- Maxtumquli ko‘chasi va Kichik xalka yo‘li ko‘chasi chorrahasi;
- Bobur ko‘chasi, 6.
Murojaat uchun telefon: (+998) 93−502−2599.
Dolce Italia
Toshkentdagi Italiya desertlarini tayyorlashga ixtisoslashgan ilk kafe hisoblanadigan “Dolce Italia” koʻplab filiallarga ega. Desertlarning assortimenti xilma-xil boʻlib, unda klassik ta’mlarni ham, qiziqarli zamonaviy yoki ekzotik ta’mlarni ham tatib koʻrish mumkin.
Muzqaymoqlar narxlari:
- 80 gramm — 20 000 soʻm;
- 140 gramm — 27 000 soʻm;
- 170 gramm — 30 000 soʻm.
Manzilar:
- C1, Shastri ko‘chasi, 26;
- Labzak ko‘chasi;
- Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 123;
- A. Xo‘jayev ko‘chasi, 5A;
- Islom Karimov ko‘chasi, 17;
- Shahrisabz ko‘chasi, 8.
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−256−7881.
Ganga
Toshkentda afsonaviy “Ganga muzqaymogʻi"ni tatib koʻrmagan yoki u haqda eshitmagan odam deyarli topilmasa kerak. Bu maskan muzqaymoqlar ta’mi, tanlov imkoniyatining kengligi bilan ko‘p yillardan buyon odamlarni oʻziga chorlab keladi. Bu yerda muzqaymoq solinadigan nonning har xil hajmlarini tanlash mumkin.
Narxlar:
- shokoladli — 9000, 10 000, 13 000, 15 000, 20 000, 22 000 soʻm;
- plombir — 9000, 10 000, 13 000, 15 000, 20 000, 22 000 soʻm;
- shokoladli plombir — 9000, 10 000, 13 000, 15 000, 20 000, 22 000 soʻm;
- malina va oʻrikli — 9000, 10 000, 13 000, 15 000, 20 000, 22 000 soʻm;
- olchali va bananli — 9000, 10 000, 13 000, 15 000, 20 000, 22 000 soʻm;
- barcha muzqaymoqlar stakanda — 12 000 soʻm.
Icy Koko
Choy, qahva, sovuq ichimliklar tayyorlanadigan “Icy Koko” kafesi koʻplab turdagi muzqaymoqlarni ham taklif qiladi. Toshkentda bir nechta filaillarga ega boʻlgan bu maskan salqinlanish uchun ayni muddao boʻladi.
Narxlar:
- quyma — 10 000 soʻm;
- qulupnayli muzqaymoq — 20 000 soʻm;
- blueberry grand — 20 000 soʻm.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 50−230−2370.
La Crema
Jelateriya va kafeteriya hisoblanadigan “La Crema” kafesida turli xildagi muzqaymoqlardan tatib koʻrish mumkin. Shuningdek, kafeda boshqa taomlarni ham topish mumkin.
Narxlar:
- vanilli muzqaymoq (300 gramm) — 60 000 soʻm;
- miks muzqaymoq (300 gramm) — 65 000 soʻm;
- shokoladli muzqaymoq (300 gramm) — 75 000 soʻm;
- mevali miks muzqaymoq (300 gramm) — 80 000 soʻm.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 90−027−2222.
La Casa
Yunusobod tumanidagi “Sezam Garden"da joylashgan kafeda koʻplab turdagi muzqaymoqlardan tashqari salqin ichimliklar ham ichish mumkin.
Narxlar:
- bir dona topchali muzqaymoq — 12 000 soʻm;
- ikki dona topchali muzqaymoq — 24 000 soʻm;
- uch dona topchali muzqaymoq — 36 000 soʻm;
Murojaat uchun telefon raqam: (+998) 95−777−7373.
Lazza
Ushbu maskanda ham nonli va stakanli muzqaymoqlarni sotib olish mumkin. Shuningdek, kafeda turli xil salqin ichimliklar ham taklif etiladi.
Narxlar:
- nonli grand — 15 000 soʻm;
- nonli standart — 10 000 soʻm;
- nonli snejinka — 8 000 soʻm;
- stakanda grand — 15 000 soʻm;
- stakanda standart — 10 000 soʻm;
Manzillar:
L’artisan
“L'artisan” kafesining ochilganiga koʻp boʻlmagan boʻlsa-da, oʻzining muzqaymoqlari va ichimliklari bilan koʻpchilikning ijobiy fikrlariga sabab boʻldi. Bu maskanda biroz noodatiy boʻlgan rayhonli va dovchali muzqaymoqlarni ham tatib koʻrish mumkin.
Narxlar:
- anorli muzqaymoq — 20 000 soʻm;
- limonli muzqaymoq — 20 000 soʻm;
- qulpnayli muzqaymoq — 20 000 soʻm;
- mango va marakuyyali muzqaymoq — 20 000 soʻm;
- rayhonli muzqaymoq — 20 000 soʻm;
- dovchali muzqaymoq — 20 000 soʻm;
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 91−711−8111.
“На Дубовой”
Toshkent shahri aholisi uchun juda yaxshi tanish boʻlgan “На Дубовой” kafesi ushbu jamlanmada alohida oʻringa ega.
Narxlar:
- mevali (200 gr) — 28 000 soʻm;
- assorti (200 gr) — 28 000 soʻm.
Manzil:
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−296−0099.
Giotto
“Giotto” uzoq vaqtdan beri oʻzining turli xildagi shirin ta’mlari va mahsulotlarining sifati bilan shirinlikxoʻrlar tomonidan seviladi. Maskan oʻzining koʻplab turdagi muzqaymoqlari va vaflilari bilan ajralib turadi.
Menyudagi barcha muzqaymoqlarning narxi 18 000 soʻmni tashkil qiladi. Toʻliq roʻyxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−234−9665.
Ottimo
An’anaviy va turli ekzotik ta’mlarning ishqibozi boʻlganlar uchun “Ottimo” ayni muddao boʻladi. Bu maskanda muzqaymoqlarni tanlash imkoniyati keng. Muzqaymoqni istalgan hajmda xarid qilish mumkin.
Narxlar:
- quyma muzqaymoqlar — 8000 soʻmdan.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−200−8838.
Mondo
“Mondo” muzqaymoqlarini nafaqat Toshkent, balki Oʻzbekistonning boshqa viloyatlarida ham tatib koʻrish mumkin.
Narxlar:
- shokoladli muzqaymoq — 10 000 soʻm;
- qulupnay va bananli muzqaymoq — 10 000 soʻm;
- uchta toʻpchadan iborat muzqaymoq — 15 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−357−0357.
Morella
“Morella” kafesi oʻzining maxsus muzqaymoqlaridan tashqari, yetkazib berish xizmatini ham taklif qiladi. Shuningdek, bu yerda muzqaymoqlarni katta hajmda ham buyurtma berish mumkin.
Narxlar:
- vanil va shokoladli — 10 000 / 16 000 soʻm;
- malina va banan — 10 000 / 16 000 soʻm;
- bir dona toʻpcha — 9 000 soʻm;
- bir kilogramm muzqaymoq — 100 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon raqami: +998 94 652 08 01
Choco Locma
Choco Locma asosan vaflilari bilan mashhur boʻlsa-da, muzqaymoqlarni ham taklif etishi mumkin.
Narxi:
- bir dona toʻpcha — 10 000 soʻm.
Manzillar:
- Yunusobod filiali;
- Nukus kinoteatri filaili;
- Seul Moon filiali;
- Chilonzor filiali;
- TTZ filiali;
- Sergeli filiali;
- Parkent filiali.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 55−515−7500.
Viva Maria
“Viva Maria” nafaqat odatiy, balki laktozasiz va shakarsiz muzqaymoqlarni ham taklif qiladi. Shuningdek, bu maskanda ekzotik ta’mdagi muzqaymoqlardan ham tatib koʻrish mumkin.
Narxlar:
- plombir 500 gr / 1 kg — 250 000 / 500 000;
- sutli shokolad 500 gr / 1 kg — 250 000 / 500 000;
- banan 500 gr / 1 kg — 250 000 / 500 000;
- bolnyez 500 gr / 1 kg — 250 000 / 500 000;
- Dubay muzqaymogʻi 300 gr / 500 gr — 300 000 / 450 000;
- mango marakuyya 300 gr / 500 gr — 300 000 / 450 000;
- qulupnayli muzqaymoq 300 gr / 500 gr — 300 000 / 450 000.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 90−917−3575.
Evos
Fast-food taomlari bilan mashhur boʻlgan Evos kafelar tarmogʻi jazirama issiqda mijozlarga turli xildagi muzqaymoqlarni ham taklif etadi.
Narxlar:
- nonli — 6000 so‘m;
- kamalak babl — 13 000 so‘m;
- shokolad sousli — 13 000 so‘m;
- qulupnay sousli — 13 000 so‘m;
- karamel sousli — 13 000 so‘m.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−203−1212.
KFC
Oʻz muzqaymoqlarini sotuvga chiqargan yana bir fast-food restorani KFC hisoblanadi. Ushbu maskanda ikki turdagi muzqaymoqlar sotiladi.
Narxlar:
- qulupnayli “Yoz xayoloti” muzqaymogʻi — 10 000 soʻm;
- quyma “Yozgi” muzqaymogʻi — 6000 soʻm.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon: (+998) 78−129−7000.
