Oʻzbekiston terma jamoasining BAA va Qatarga qarshi oʻyinlari katta ekranda namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 332
Oʻzbekiston terma jamoasining BAA va Qatarga qarshi oʻyinlari katta ekranda namoyish etiladi

Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda 5−10 iyun kunlari bir qator yoshlar tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirlarning markaziy voqealari O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatiga chiqishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan futbol o‘yinlari translyatsiyalari bo‘ladi:

  • BAA — O‘zbekiston (5-iyun, Abu-Dabi);
  • O‘zbekiston — Qatar (10-iyun, Toshkent).

Tadbirlar “O‘zbekiston — iste’dodlar zamini” (Uzbekistan: Land of Talents) deb nomlangan yoshlar harakati doirasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, faoliyatlar markazi — O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydon bo‘lib, u yerda futbol uchrashuvlari namoyishi, konsertlar va motivatsion shoular bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan, hukumat ko‘magi va bir qator kompaniyalar hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ishtirok etish uchun Telegram’dagi @land_uzbot orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling