O‘zbekistonning "NAFKU Racing" jamoasi drift bo‘yicha Qirg‘iziston chempionatida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

E’lon qilingan sana· 174
O‘zbekistonning "NAFKU Racing" jamoasi drift bo‘yicha Qirg‘iziston chempionatida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

2025-yilning 24 va 25-may kunlari Bishkekda Markaziy Osiyoning eng kuchli pilotlarini jamlagan Qirg‘iziston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 31 nafar pilot va 9 jamoa, jumladan, O‘zbekiston jamoasi — “NAFKU Racing Team” ishtirok etdi. Ular trekda o‘zini ishonchli ko‘rsatdi va faqat musobaqa mezbonlariga yutqazib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

NAFKU Racing Team tarkibi:

  • Dilshod Yusupov — NAFKU Milliy avtomobil va mototsikl federatsiyasining Drifting boʻyicha raisi,
  • Asadbay Nazarov,
  • Diyor Shodiyev,
  • Li Sung Man — jamoaning eng yosh a’zosi (15 yosh).

Yakkalik bahslarida ikkinchi o‘rinni egallagan Li Sen Man alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Yosh bo‘lishiga qaramay, u uzoq vaqtdan beri avtosport bilan shug‘ullanadi. U bolaligidan karting bilan shug‘ullanib kelgan, hozirda milliy poyga litsenziyasiga ega va ilgari xalqaro litsenziyaga ham ega bo‘lgan. Li “FIA Motorsport Games”, “Asia Pacific Motorsport Championship” va boshqa xalqaro turnirlarda ishtirok etadi. U Dilshod Yusupov bilan duetda avtosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga ham kiritilgan.

Li Sen Manning debyut-drifti yorqin bo‘ldi: u trassani ishonch bilan bosib o‘tdi, juftlik musobaqalarini samarali o‘tkazdi va hakamlar hamda tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi.

“Birinchi navbatda, Qirg‘iziston Respublikasida drift bo‘yicha Ochiq chempionatda ishtirok etishda yordam bergani uchun NAFKUga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Iliq qabul, ochiq hakamlik, yuqori darajadagi translyatsiya va eng muhimi — munosib raqiblar uchun Gansidan minnatdorman.

Men 15 yoshdaman va Qirg‘izistondagi drift bo‘yicha chempionatdagi ishtirokim bu sport turidagi debyutdir. Birinchi marta haqiqiy drift mashinasi ruliga o‘tirgan paytim. Dadil ayta olamanki, shu kunlar ichida men o‘tdan ham, suvdan ham o‘tdim — har bir poygada o‘zimni sinab ko‘rdim, oxirigacha kurashdim! Aytmoqchimanki, sportda ham xuddi qarta o‘yinida bo‘lgani kabi senga tarqatishadigan qartalar bilan o‘ynash kerak. Barcha oʻxshashliklar tasodifiy.

Va yana bir narsa — muvaffaqiyat har doim ham sizga koʻrinayotgan narsa emas.

Men bilan birga boʻlgan, hatto ekranlar orqali ham meni qoʻllab-quvvatlagan barchaga rahmat. Men sizning energiyangizni his qildim!", — deya izoh berdi Li Sung Man.

Chempionat nafaqat sport musobaqasi, balki mintaqa drifterlari o‘rtasida tajriba almashish maydoniga aylandi. O‘zbekiston jamoasining muvaffaqiyatli chiqishi uning mintaqaviy maydondagi mavqeini mustahkamladi va Markaziy Osiyoda drift madaniyatiga qiziqish ortib borayotganini koʻrsatdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling