O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozining oʻqilish vaqtlari e‘lon qilindi

E’lon qilingan sana· 4 052
O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozining oʻqilish vaqtlari e‘lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2025-yil Qurbon hayiti 6-iyun, juma kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.

Masjidlarida Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari quyidagicha belgilandi:

  • Andijon viloyati — 05:00;
  • Namangan viloyati — 05:00;
  • Farg‘ona viloyati — 05:00;
  • Toshkent viloyati — 05:10;
  • Toshkent shahri — 05:10;
  • Samarqand viloyati — 05:20;
  • Sirdaryo viloyati — 05:20;
  • Jizzax viloyati — 05:20;
  • Qashqadaryo viloyati — 05:25;
  • Surxondaryo viloyati — 05:25;
  • Buxoro viloyati — 05:30;
  • Navoiy viloyati — 05:30;
  • Xorazm viloyati — 05:45;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 05:50.

Xabarda ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15−20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilangani eslatib oʻtilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling