Hayking uchun top 11 ta tashkilot: Kimlar bilan sayohatga chiqish mumkin?

E’lon qilingan sana· 187
Hayking uchun top 11 ta tashkilot: Kimlar bilan sayohatga chiqish mumkin?

Bugungi kunda hayking yoshlar orasida tobora ommalashib bormoqda. Bu uzoq va qimmat sayohatlarga katta mablag' sarflamasdan, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishning qiziqarli va arzon usulidir.

Hayking (hiking) — bu tabiat qo‘ynida, tog‘ etaklari, o‘rmonlar va so‘qmoqlar bo‘ylab bir kunga mo‘ljallangan piyoda sayohat. Ba’zan sayr kempingda — chodir yoki kichik uychada tunash bilan yakunlanadi. Shu sababli, odatda sayyohlar ryukzaklariga faqat bir kunlik oziq-ovqat va suv zaxirasini olishadi.

Sayohatlar hayot tarziga bo‘lgan zamonaviy yondashuvlarni aks ettiradi — insonning o‘ziga e’tibor qaratishi, tabiatga qiziqish va ongli ravishda dam olishga intilish. Yoshlar tobora ko‘proq moddiy narsalardan ko‘ra, taassurot va his-tuyg‘ularni afzal ko‘rmoqdalar. Aynan hayking kabi sayohatlar orqali yorqin lahzalarni boshdan kechirish, ijtimoiy tarmoqlar uchun go‘zal kadrlar yaratish, jismoniy holatni yaxshilash va shahar shovqinidan chekinish imkoniyati tug‘iladi. Eng asosiysi — bu o‘z kuchi va irodasini sinovdan o‘tkazishning ajoyib usuli hisoblanadi.

Kompaniyalar va tashkilotlar:

Derock Travel

Kompaniya Toshkent viloyatidagi tog‘ cho‘qqilari, sharsharalar va g‘orlarga qulay hamda maroqli sayohatlar tashkil etadi. Shuningdek, tabiatni yaxshiroq his qilish imkonini beruvchi gastro-turlar va kempinglar ham o‘tkaziladi. Eng mashhur yo‘nalishlar: Chimyon, Nerit ko‘li va Ko‘ksuv.

Sayohat turlari:

  • individual;
  • guruhli;
  • korporativ.

Haykingni endigina boshlayotganlar uchun yengil marshrutli bir kunlik va ko‘p kunlik sayohat turlari taklif etiladi. Ushbu sayohatlarning boshlang‘ich narxi 280 000 so‘mdan boshlanadi.

Tajribaliroq sayyohlar uchun ham bir kunlik va ikki kunlik sayohat turlari mavjud — narxlar 300 000 so‘mdan boshlanadi.

Shuningdek, yo‘nalish va narxga qarab kompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar farq qilishi mumkin. Bir kunlik sayohatlarga odatda quyidagilar kiradi:

  • ikkila yo‘nalish uchun qulay transport xizmati;
  • professional gid hamrohligi;
  • choy va qahva.

Telefon: (+998) 95−013−5902.

Instagram: @derock.travel

Majestic Zoom

Kompaniya Toshkent tog‘lari bo‘ylab tabiat qo‘ynida puxta rejalashtirilgan dam olishni taklif etadi. Sayohat yo‘nalishlariga sharsharalar, ko‘llar, tepaliklar, qo‘riqxona hududlari hamda Rope Jumping kabi ekstremal mashg‘ulotlar ham kiradi. Sayohat narxlari 220 000 so‘mdan boshlanadi.

Sayohat narxiga quyidagi xizmatlar kiradi:

  • qulay transport;
  • hamrohlik xizmati;
  • gid xizmatlari;
  • eko-yig‘im.

Sayohatlar to‘rt toifaga bo‘linadi:

  • yengil;
  • oʻrtacha yengil;
  • oʻrtacha;
  • murakkab.

Eng mashhur yo‘nalish — “Yulduzlar ostida tunash”. Sayohat ikki kun davom etadi. Narxi — 550 000 so‘m bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • transfer;
  • hamrohlik;
  • eko-yig‘im uchun to‘lov;
  • gulxanda issiq kechki ovqat va ichimliklar;
  • jihozlar ijarasi (chodirdagi joy, uxlash xaltasi, karimat);
  • esdalik uchun kichik sovg‘a.

Telefon: (+998) 99−790−7870

Instagram: @majesticzoom

Mahalla.travel.uz

Kompaniya guruh va individual shaklda ekstrimal hamda unikal sayohatlarni tashkil etadi. Sayohatlar Toshkentning eng go‘zal manzarali hududlarida — baland tog‘ cho‘qqilari, ulkan sharsharalar, o‘rmonlar va bepoyon ko‘llarda o‘tkaziladi.

Guruhli turlar dam olish kunlari o‘tkaziladi. O‘rtacha guruh a’zolari soni 20 kishini tashkel etadi. Eng arzon sayohat narxi 300 000 so‘mni tashkil etadi.

Individual sayohatlar 5 kishidan 12 kishigacha bo‘lgan guruhlar uchun tashkil etiladi. Bundan tashqari, oldindan kelishilgan holda 2−3 kishi uchun ham sayohat uyushtirish imkoniyati mavjud. Yo‘nalishga qarab, bir kishi uchun sayohat narxi 250 ming so‘mdan 400 ming so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

Mashhur yo‘nalishlar:

  • Katta Chimyonga chiqish;
  • Kichik Chimyonga tungi sayohat;
  • Nefrit ko‘li;
  • Chorvoq suv ombori;
  • Paltau sharsharasi.

Sayohat narxiga quyidagilar kiradi:

  • transport;
  • professional gid xizmati;
  • yo‘nalish boʻylab kafolatlangan xavfsizlik;
  • choy va gahva;
  • qo‘riqxonaga kirish chiptasi.

Instagram: @mahalla.travel.uz

Salom Hiking

Salom Hiking‘da turli xil yo‘nalishlar mavjud: Toshkent atrofidagi ko‘llar, sharsharalar va tog‘larga sayohatlar, bu yerda har bir kishi tabiat bilan uyg‘unlikni his etishi mumkin. Ayniqsa Katta Chimyon va Arashon ko‘llar yoʻnalishlari ommalashgan.

300 000 so‘mdan boshlanadigan bir kunlik arzon yo‘nalishlar mavjud.

Sayohat narxiga quyidagilar kiradi:

  • sertifikatlangan gid xizmatlari;
  • ikki tomonlama transport.

Shuningdek, 2 000 000 so‘mdan boshlanadigan ko‘p kunlik sayohatlar ham bor.

Ularga quyidagilar kiradi:

  • transfer;
  • malakali gid xizmatlari;
  • ikki ta kechki ovqat va nonushta.

Instagram: @salom_hiking

Travel Nation

Har qanday byudjetga mos, yuqori qulaylik va xavfsizlikni ta’minlovchi unikal sayohatlar to‘plami. Sayohatlar O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘ylab ,shuningdek, chet davlatlar uchun ham amalga oshiriladi. Toshkent atrofidagi sharsharalar, Nefrit ko‘li va lolazorlarga sayohatlar uyushtiriladi — sayohat narxi 200 000 so‘mdan boshlanadi.

Narxga quyidagilar kiradi:

  • gid hamrohligi;
  • transport;
  • telefonda foto va video suratga olish.

Telefonlar:(+998) 99−020−7555, (+998) 99−012−6154

Instagram: @travel_nation_uz

Trekking.uz

Trekking.uz turli masofalarga mo‘ljallangan va har xil tayyorgarlik darajasidagi odamlar uchun sayohatlar tashkil etadi. Ayniqsa, Katta Chimyon, Nefrit ko‘li, sharsharalar, Ko‘ksuv darasi kabi yo‘nalishlar eng talabgir yoʻnlashlardan hisoblanadi.

Bir kunlik sayohatlar bilan birgalikda koʻp kunliklari ham mavjud. Narxlar 490 000 soʻmdan boshlanadi.

Sayohat narxiga quyidagilar kiradi:

  • transfer;
  • gid xizmati;
  • foto va video suratga olish
  • kompaniya tomonida hamroh.

Instagram: @trekking.uz

Vezdekhodi

Sayohat agentligi O‘zbekiston bo‘ylab hamda undan tashqarida uyushtiriladigan sayohatlarni taklif etadi. Safarlar Toshkent yaqinidagi tog‘ cho‘qqilari, manzarali ko‘llar va o‘rmonlarga, shuningdek, O‘zbekistonning mashhur shahar va vodiylariga uyushtiriladi. Har xil sayohat turlari mavjud.

  • bir kunlik;
  • ikki kunlik;
  • uch kunlik;
  • olti va undan ortiq kunlik.

Sayohat narxi 140 000 so‘mdan boshlanadi.

Manzil: Matbuotchilar ko‘chasi, 17-uy

Ish vaqti: ish kunlari 10:00 dan 22:00 gacha

Telefon: (+998) 78−113−1980.

Instagram: @vezdekhodi

Wild and Free

Wild and Free O‘zbekiston bo‘ylab o‘shqin sayohatlarni tashkillashtiradi. Bu sayohatlar sizga shahar shovqinidan xalos bo‘lib, qayta kuch yig‘ishga yordam beradi. Kompaniya to‘rt xil murakkablik darajasidagi yo‘nalishlarni taklif etadi:

  • yengil
  • o‘rtacha yengil
  • o‘rtacha
  • murakkab

Sayohatlar nafaqat Toshkent atrofiga, balki mamlakatning go‘zal hududlariga ham tashkil etiladi. Yoʻnalish murakkabligidan qat’i nazar, boshlang‘ich narx — 260 000 so‘m.

Narxga quyidagilar kiradi:

  • transfer;
  • hamrohlik xizmati.

Sayohatlar Chimyon cho‘qqisi, Toshkent viloyatidagi sharsharalar va ko‘llar, bodomzorlar, Surxondaryo vodiysi va boshqa go‘zal maskanlarga tashkil etiladi.

Manzil: Maxtumquli ko‘chasi, 80/1 uy

Instagram: @wildandfreechannel

Wolf Travel

Community nisbatan yuqori toifadagi sayohatlarni taklif etadi. Sayohatlar narxi 400 000 so‘mdan boshlanadi. Sayohat narxiga premium toifadagi transport, gid xizmati va sayohat turiga qarab ovqatlanish kiritilgan. Shuningdek, sayohat jihozlarini ijaraga olish, foto va video xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari ham mavjud. Sayohatlar turli koʻrinishlarda tashkil etiladi:

  • korporativ;
  • guruhli;
  • ko‘p kunlik
  • bir kunlik
  • buyurtma asosida

Korporativ sayohatlar jamoa a’zolari o‘rtasidagi hamjihatlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlashning samarali usuli hisoblanadi. Kompaniya joy tanlashdan tortib, ovqatlanish masalalarigacha boʻlgan barcha tashkiliy ishlarni o‘z zimmasiga oladi.

Buyurtma asosidagi sayohatlar esa shaxsiy xohish va ehtiyojlarga mos ravishda tuzilgan individual yoʻnalishlardan iborat. Yo‘nalish tanlashda hududning murakkabligi, balandligi yoki sayohat davomiyligidan qat’i nazar, istalgan manzilni tanlash imkoniyati mavjud.

Telefon: (+998) 99−575−0000.

Instagram: @wolf_travel_mount

“Все в горы”

Kompaniya O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston bo‘ylab guruhli va buyurtma asosidagi xayking sayohatlar tashkillashtirishga ixtisoslashgan.

Bir kunlik sayohat narxi 285 000 so‘mdan boshlanadi.

Sayohat narxiga quyidagilar kiradi:

  • transfer;
  • gid xizmati.

Ikki kunlik sayohatning o‘rtacha narxi 500 000 so‘m.

Narxga quyidagilar kiradi:

  • transfer;
  • gid xizmati;
  • umumy foydalaniladigan jihozlar;
  • birinchi kun uchun kechki ovqat;
  • kkinchi kun uchun nonushta va tushlik.

Individual sayohat narxi 70$ dan 100$ gacha farqlanishi mumkin. Sayohat mijoz uchun qulay bo‘lgan istalgan kunda tashkil etiladi.

Telefon: (+998) 90−995−5310.

Instagram: @vsevgory

“Таинственный Узбекистан”

Mazkur kompaniya O‘zbekistonda sayohat sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya mamlakat ichida va undan tashqarida joylashgan tog‘ cho‘qqilariga uzoq masofali sayohatlarni tashkillashtiradi. Sharsharalar, yovvoyi plyajlar, o‘rmonlar va qo‘riqxonalar bo‘ylab sayohatlarga taklif etadi. Yo‘nalishlar shunday tuzilganki, siz boshqa sayyohlar bilan deyarli to‘qnash kelmaysiz. Sayohatlar davomiyligi, yo‘nalish turi va qiyinchilik darajalariga qarab — oson, o‘rtacha va murakkab turlariga bo‘linadi.

Bir kunlik sayohat narxi 400 000 so‘mdan boshlanadi.

Telefon: (+998) 93−514−6100.

Instagram: @mysterious_uzbekistan

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling