O‘zbekistonning 13 shahrida avtobuslarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati paydo boʻldi

“Yandex Uzbekistan” kompaniyasi o‘zining navigatsiya xizmatlari funksiyasini kengaytirdi — endilikda mamlakatning yana 11 shahrida avtobuslar harakatini real vaqt rejimida kuzatish mumkin. Ilgari bu funksiya faqat Toshkent va Samarqandda mavjud edi.
2025-yil 17-iyundan boshlab avtobuslar harakatini ko‘rsatish quyidagi shaharlarda paydo bo‘ldi:
- Angren;
- Andijon;
- Buxoro;
- Jizzax;
- Guliston;
- Qarshi;
- Navoiy;
- Namangan;
- Nukus;
- Urganch;
- Fargʻona.
Endi Yandex Go va Yandex Maps foydalanuvchilari istalgan vaqtda o‘zlariga kerakli avtobus qayerdaligini bilib olishi va to‘xtash joyigacha yetib borish vaqtini to‘g‘ri hisoblashi mumkin. Ma’lumotlar transportda oʻrnatilgan sensorlardan keladi va real vaqt rejimida yangilanadi. Algoritmlar yetib kelish vaqtini aniqroq belgilashi qilish uchun harakat tezligi va joriy transport holatini hisobga oladi.
Bu qanday ishlaydi?
Yandex Go ilovasida funksiya asosiy sahifadagi “Transport” boʻlimida mavjud.
Yandex Maps’da marshrutlarni koʻrish uchun toʻxtash belgisini bosish yoki qidiruvda marshrut raqamini kiritish mumkin, masalan, “avtobus 5” va ekranda marshrut va jadval paydo boʻladi.
“Yandeks Uzbekistan” rahbari Izzat Shukurovning soʻzlariga koʻra, avtobuslarni kuzatish funksiyasi allaqachon 13 ta shaharda 230 ta yoʻnalishni qamrab olgan va kompaniya ushbu yoʻnalishni rivojlantirishda davom etadi.
Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshqarma shaharlar bo‘ylab harakatlanishni yanada qulaylashtiradigan raqamli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Transport vazirligi “Yandex Uzbekistan” va boshqa kompaniyalar bilan transport ma’lumotlarini almashish va ularga tanish ilovalar orqali kirishni yaxshilash uchun hamkorlik qilishga tayyor.