Magic City ro‘parasida 2304 xonadondan iborat yangi kvartal quriladi

E’lon qilingan sana· 119
Magic City ro‘parasida 2304 xonadondan iborat yangi kvartal quriladi

Toshkentda “Humo Arena"dan uzoq boʻlmagan joyda, “Magic City” bogʻining roʻparasida yana bir yirik turar-joy massivi quriladi. Yangi majmua Boʻrijar kanali bo‘ylab joylashadi va 461 million dollarga tushadi.

Loyiha 16-iyun kuni poytaxtni rivojlantirish bo‘yicha boshqa rejalar qatorida prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan.

Beshyog‘och mahallasidagi rekonstruksiya zonasiga kiruvchi maydonda quyidagilar qurilishi rejalashtirilgan:

  • 16 ta turar-joy binosi;
  • 2304 xonadon — taxminan 9200 kishi uchun;
  • eng baland bino 30 qavat boʻladi.

Majmua barcha zarur texnik, jumladan, 8 ballgacha zilzilaga bardoshlilik va gidrogeologiya bo‘yicha xulosalarni olgan. Qurilish muddatlari va qo‘shimcha infratuzilma obyektlari haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling