Toshkentda Taras Shevchenko koʻchasidagi gastronomik ko‘cha loyihasining ikkinchi bosqichi yakunlandi

Toshkent shahri Mirabod tumanida joylashgan Taras Shevchenko ko‘chasida gastronomik ko‘chani barpo etishning ikkinchi bosqichi yakunlandi. Ishlar Said Barak va Nukus koʻchalari chorrahasidan 226 metr uzunlikdagi masofani qamrab oldi, deb xabar beradi tuman hokimligi matbuot xizmati.
Qurilish 2024-yil 22-oktabrdan boshlab qariyb sakkiz oy davom etdi.
Nima bajarildi:
- 2 200 kv.m piyodalar yo‘laklari ta’mirlandi;
- 2 700 kv.m yoʻlga tosh yotqizildi;
- yana 650 kv.m yoʻl asfaltlandi;
- 3 300 tup buta va 20 tup manzarali daraxt ekildi;
- 2 000 kv.m yashil maydon yaratildi.
Shuningdek, quyidagilar oʻrnatildi:
- 2 ta favvora, 3 ta ayvoncha, 6 ta oʻrindiq va chiqindi qutilari;
- 28 ta videokuzatuv kameralari;
- 18 ta kolonka va 18 ta chiroq (10 ta kichik va 8 ta katta).
Spot tahririyati xabariga ko‘ra, navbatdagi uchinchi bosqich Shahrisabz va Fidokor ko‘chalari (400 metr) oralig‘ida rejalashtirilgan. Loyiha hozirda moliyalashtirishni muhokama qilish bosqichida.
Birinchi bosqichda nima boʻldi?
Gastronomik ko‘chasining birinchi qismi 2024-yil oktabr oyida kechikish bilan ochilgan — yo‘l qoplamasini almashtirish va obodonlashtirishdagi kechikishlar tufayli ishga tushirish to‘rt marta ortga surilgan edi. U erda quyidagilar oʻrnatilgan:
- fotosuratga tushish zonalari, fonuslar, yuzni aniqlashtizimi, Wi-Fi;
- 20 ta oʻrindiq va axlat qutilari;
- avtabus bekati.