Anons
GameDev Goethe 2025
E’lon qilingan sana: · 90

Gyote Institutida GameDev Goethe 2025 video oʻyinlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Tadbir O‘zbekistonning turli hududlaridan o‘yin ishlab chiquvchilarni birlashtiradi. Ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etishlari va soha vakillari bilan muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi.
Dasturda video o‘yinlardagi tovushlar va musiqalar mavzusida musiqiy viktorina, o‘tgan yilgi inkubator rezidentlarining loyihalari taqdimotlari, shuningdek, VR zonasi namoyishi o‘rin olgan. Tadbir soʻngida geymdev boʻyicha viktorina oʻtkazilib, unda sovrinlar yutish imkoniyati mavjud.
Tadbir dasturi:
- 19:00 — sovrinli musiqa viktorinasi;
- 19:30 — koʻrgazmaning ochilishi;
- 20:00 — rezidentlar oʻyinlari taqdimoti;
- 20:00 — VR zonasining ishga tushirilishi;
- 21:00 — sovrinli viktorina.
Koʻrgazmaga kirish bepul.
Havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
Jadval
27-iyun
juma
19:00
Toshkent, Amir Temur sh. k., 42