Muxtor Ashrafiy va O‘rol Tansiqboyev uy-muzeylari vaqtincha yopildi

E’lon qilingan sana· 84
Muxtor Ashrafiy va O‘rol Tansiqboyev uy-muzeylari vaqtincha yopildi

Muxtor Ashrafiy va O‘rol Tansiqboyev uy-muzeylari ta’mirlash uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu uy-muzeylarida 26-maydan 2-sentabrgacha atoqli san’at arboblarining uy-muzeylarida ta’mirlash-tiklash ishlari olib boriladi, isitish va sovitish tizimlarini to‘liq qayta ishga tushiriladi. Shu sababli ularning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

“Ta'mirlash ishlari davomida uy-muzeylar fondi, u yerda saqlanayotgan eksponatlar, ishchi xodimlarning mehnat faoliyati, ekspozitsiyalarni yangilash hamda tashkiliy masalalar bo‘yicha barcha ishlar Madaniy meros agentligi tomonidan nazoratga olinadi”, — deyiladi xabarda.

Afisha.uz oldinroq Toshkentdagi uy-muzeylari haqida maqola tayyorlagandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Abdulla Qodiriydan Sergey Yeseningacha: Toshkentdagi uy-muzeylari

Toshkent shahri juda koʻplab ijodkorlar uchun oʻz bagʻridan joy bergan. Ular Oʻzbekiston poytaxtida yashagan va ijod qilgan. Keyinchalik ijodkorlar istiqomat qilgan joylar uy-muzeylariga aylantirilgan. Afisha.uz ushbu toʻplamda Toshkentdagi 10 ta uy-muzeyi haqida ma'lumot beradi.