Foto: Toshkentda Travel + Leisure Central Asia mintaqaviy sayohat jurnali taqdimoti bo‘lib o‘tdi

E’lon qilingan sana· 331
Foto: Toshkentda Travel + Leisure Central Asia mintaqaviy sayohat jurnali taqdimoti bo‘lib o‘tdi

20-iyun kuni Oloy maydonida — sharqona ziravorlar xushbo‘yligi va katta shahar ritmi uyg‘unlashgan makonda yangi nashr taqdim etildi: Travel + Leisure Central Asia — Amerikaning mashhur sayohat jurnalining ilk mintaqaviy soni.

Yangi jurnal mahalliy va global yoʻnalishlarni oʻzida mujassam etgan: unda Samarqandning meʼmoriy durdonalaridan tortib Fargʻonaning gastronomik sirlarigacha, Pomir boʻylab yangi yoʻnalishlardan tortib, qozoq choʻllaridagi barqaror loyihalargacha boʻlgan barcha narsalar aks ettiriladi. Missiya oddiy hamda maqsadli: mintaqani dunyoga koʻrsatish, sayohatlarga ilhomlantirish va madaniy muloqotni kuchaytirish.

Bekzod Hamzaev , mintaqaviy versiya asoschisi va BHH Enterprises direktorlar kengashi raisi: “Travel + Leisure mintaqaviy versiyasini yaratish g‘oyasi O‘zbekistonning barcha go‘zalligi va imkoniyatlarini ko‘rsatish, shuningdek, Markaziy Osiyoga sayyohlar oqimini ko‘paytirish strategiyasini qo‘llab-quvvatlashdan istagidan chiqqan. Ishonchim komilki, nashr har bir mintaqa rivojiga salmoqli hissa qoʻshadi va uning aholisi uchun amalda foyda keltiradi”.

Taqdimotda turizm sohasi, ommaviy axborot vositalari, madaniyat va ijodkorlik sohalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirdan lavhalar — fotohisobotda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling