Choy ichish madaniyatidan ilhomlangan atirlar: Siberian Wellness’ning “Choy an’analari” kolleksiyasi

Siberian Wellness kompaniyasi choy ichish madaniyatidan ilhomlanilgan noyob atirlardan iborat “Choy an’analari” parfyumeriya kolleksiyasini taqdim etdi.
Choy — bu oddiygina ichimlik emas. Ayniqsa O‘zbekistonda choy damlash — bu mehmondoʻstlik, suhbatga chorlov, e’tibor ulashish demakdir. Choy bu — mehr-oqibat, muloqot va fasldan qat’i nazar qalbni isituvchi o‘ziga xos marosim ramzi.
Mana shunday ruhiy ilhom bilan Aromapolis Olfactive Studio by Siberian Wellness “Choy an’analari” kolleksiyasini yaratdi. Uning atirlari sokin choy marosimining muhitiga olib kiradi, hissiyotlar, xotiralar va nozik kayfiyat tuslarini uyg‘otadi.
Har bir flakon — bu nafaqat atir, balki kichik bir sayohat, qalbdagi xotira va tuyg‘ularni yangilovchi sehrli voqea:
- White Tea & Mimosa — erta bahorning nozik va nafis hidi. Yumshoq oq choy, tukli o‘rik va yengil mimosa hamda intiqlik hissiga burkangan latofatli kompozitsiyaga uyg‘unlashadi. Bu atir go‘yoki salqin tongda teriga iliqlik baxsh etadigan birinchi quyosh nuri kabidir. Nozik tarovat, ilk uchrashuvlarning romantikasi va har bir harakatda his etiladigan yorug‘lik — bularning barchasi White Tea & Mimosa haqida;
- Tea Blossom & Candy — kolleksiyaning eng hissiy va jalb etuvchi atiri, Italiya bo‘ylab sayohatdan ilhomlangan. Shirin quruq mevalar va limonchelloning mazali ohanglari iliq teri akkordi, yengil dengiz shabadasi va nordon vanilla uyg‘unlashadi. Bu atir — hayotning shirinligi ila to‘lgan finjon misoli: yorug‘lik, lazzat va yengillik baxsh etadi;
- Neroli Tea & Bergamot — neroli va sitrus mevalarining yangilovchi notalari hissiyotlarni muloyim uyg‘otadi, yengil yog‘ochsimon asos esa ichki muvozanatni tiklaydi. Bu atir — ichki diqqat, musaffo ong va kun to‘g‘ri boshlanganday tuyuladigan his haqida;
- Blue Matcha & Vetiver — matcha, mate va kedr atirda xuddi shahar tashqarisidagi tongdek ochiladi. Bu ichki osoyishtalik va sukunat nafasi, tonggi shamol, ertalabki marosimlar va o‘ziga qaytishga yordam beruvchi choy kosasi. Bu atir — hozirgi lahzada yashashni biladiganlar uchun;
- Masala Tea & Tobacco — Sharqning iliqligi, chuqurligi va sehrli havosi. Bu atir — qishki kecha, ziravorlar, sutli choy va muloyim tuman ortida. Kardamon, ziravorlar va tamaki ohanglari nozik uyg‘unlikda, qulaylik va sirli jozibani yaratadi.
“Choy an’analari” kolleksiyasi nafaqat uslubni boyitish, balki iforlar muhit yarata olishini eslatish uchun yaratilgan. Har bir flakon — choy marosimiga taklif, tarix jonlanadi, madaniyat ochiladi va an’analar ehtiyotkorlik bilan yetkaziladi.
Kolleksiya atirlari yuqori sifatli parfyumeriya xomashyosidan tayyorlandi va Fransiya hamda Ispaniyaning Eurofragance ustalari bilan hamkorlikda, har bir detalga alohida e’tibor bilan ishlab chiqildi.
“Choy an’analari” — har nafasda xotiralar, iliqlik va quvonch uyg‘otuvchi aromalar simfoniyasi. Bu — har bir lahzadan bahramand bo‘lish san’ati, iliq choy tomchisidagi kabi yurakni isitadigan tuyg‘ularni ulashish.
Siberian Wellness mamnuniyat bilan taqdim etadi: har bir tomchi atirda butun bir kayfiyat, bir tarix yashirin. Bu shunchaki ifor emas, bu madaniyat, bu hayot, bu yuraklarning nafasidir.
Afisha.uz sayti o‘quvchilari uchun maxsus — Siberian Wellness’dan sovg‘a.
15-iyulgacha Toshkentdagi Siberian Wellness’ning rasmiy do‘koniga tashrif buyurib, har qanday xaridni amalga oshirib va “Afisha SW” promokodini aytib — brendning mashhur atirlaridan birining sinov namunasi mijozlarga sovg‘a sifatida taqdim etiladi.
Promokoddan faqat bir marta foydalanish mumkin.
Telefon: (+998) 78−113−8767.
Sayt: uz.siberianhealth.com
Facebook: fb.com/siberianwellnessuzbekistan
Instagram: @siberianwellness_uzbekistan
Telegram: t.me/swuzbekistan
Reklama huquqlari asosida.