"Bochka"gacha konditsionerli transportda 25 ming soʻm: Toshkentdan Xumsonga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 201
"Bochka"gacha konditsionerli transportda 25 ming soʻm: Toshkentdan Xumsonga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyuldan boshlab Toshkentdan Xumson qishlog‘iga (Xo‘jakent va Chorvoq qishloqlaridan yuqorida) — 1226-sonli “Mashinasozlar metrosi (Toshkent) — Chorbog‘ (Xumson qo‘rg‘oni)” yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi avtobus yoʻnalishi haqida batafsil ma’lumot:

  • yo‘nalishda MAN RR3 turistik avtobuslari ishlaydi;
  • avtobuslar 47 oʻringa ega, qulay va konditsioner bilan jihozlangan;
  • yo‘l narxi 25 000 so‘m;
  • birinchi avtobus har kuni soat 6:00 da “Mashinasozlar” metro bekatidan joʻnaydi;
  • reyslar har 1,5 soatda amalga oshiriladi;
  • yoʻl vaqti — 1 soat 30 daqiqa;
  • so‘nggi avtobus Chorbog‘dan soat 20:30 da jo‘nab, 22:00 da “Mashinasozlar” metro bekatiga yetib boradi.

Harakatlanish yoʻnalishi: Yangi O‘zbekiston ko‘chasi, Central Asian University, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va undan keyin aylanma yo‘l bo‘ylab, G‘azalkentni aylanib o‘tib, Xo‘jakent va Chinorkentga boradi hamda Xumson bilan yakunlanadi.

Avtobuslarda ham naqd pulda, ham bank kartalari orqali toʻlash mumkin (ATTO kartalaridan foydalanish haqida ma’lumot yoʻq).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling