Samarqandda ilk bor “Samarqand oshi” festivali o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 159
Samarqandda ilk bor “Samarqand oshi” festivali o‘tkaziladi

Samarqand shahrida 1−3 avgust kunlari ilk bor “Samarqand oshi” festivali o‘tkaziladi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu oshpazlik tadbirida butun dunyodan kelgan oshpazlar, sayyohlar va sharq oshxonasi muxlislari mamlakatning boy gastronomik merosini birgalikda targ‘ib etadilar.

Ta’kidlanishicha, “Samarqand oshi” festivali mehmonlarini 200 dan ortiq oshpazlar musobaqalari, mahorat darslari, hunarmandchilik va shirinliklar ko‘rgazmalari, shuningdek, o‘zbek estradasi yulduzlarining konsertlaridan iborat boy madaniy dastur kutmoqda.

Festivalning birinchi kuni Sadriddin Ayniy koʻchasida mahalliy oshpazlar ishtirokida, ikkinchi kun Alisher Navoiy koʻchasida xorijiy oshpazlar ishtirokida festival, uchinchi kun esa Boqiy Shahar majmuasida 7 tonna osh tayyorlash jarayoni boʻlib oʻtadi.

Shuningdek:

  • 200 dan ortiq oshpazlar ishtirokida musobaqalar;
  • 20+ turdagi noyob osh tayyorlash jarayonlari;
  • osh tayyorlash bo‘yicha oshpazlardan mahorat darslari;
  • xorijiy mamlakatlarning oshlarini tayyorlash jarayonlari;
  • hunarmandchilik va sharq shirinliklari ko‘rgazmalari;
  • madaniy koʻngilochar kontsertlar ham oʻtkaziladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling