Anons

Seoul Week 2025

E’lon qilingan sana: · 719
Seoul Week 2025

Magic City bogʻida joylashgan “Registon” maydonida Toshkent va Seul shaharlarining 15 yillik doʻstona munosabatlariga bagʻishlangan “Seoul Week 2025” tadbirlari boʻlib oʻtadi.

Tadbirga tashrif buyurvchilarni:

  • Seul madaniyati va turizmi bilan yaqindan tanishish;
  • face painting va tatuirovka stikerlari;
  • selfi burchagi hamda fotosuratlar tanlovi;
  • “Seul viktorinasi"da ishtirok etib, sovg‘alar yutib olish imkoniyati;
  • “Squid Game” o‘yini;
  • koreys taomlari;
  • mashhur koreys raqqoslari va xonandalarining jonli chiqishlari kutadi.

Shuningdek, haftalik doirasida K-POP raqs tanlovi ham tashkil etiladi. Unda ishtirok etish uchun 30 soniyagacha boʻlgan K-POP raqsi videosini olish va
Instagram sahida #seoulweek2025 heshtegi bilan @angelin.comm_ akkauntini kollaborator sifatida belgilab, joylash talab etiladi.

Tanlov uchun videolar 17-iyulgacha qabul qilinadi. Natijalar 19-iyul kuni e’lon qilinadi va eng yaxshi 10 ta jamoa finalga yoʻl oladi. Final bosqichi 26-iyul kuni Magic City’da boʻlib oʻtadi. Tanlov gʻoliblari pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Kirish bepul.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling