Yangi O‘zbekiston yo‘lining bir qismida avtomobillar harakati 1 oyga cheklandi
E’lon qilingan sana: · 223

Yangi O‘zbekiston yo‘lining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash qismida avtoulovlar harakati to‘xtatiladi. Bu haqda Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu cheklov 9-iyuldan 9-avgustgacha amal qiladi. Ma’lumot uchun, ushbu manzilda yer osti yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda va qurilish taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, avtomobillar harakati “Yangi O‘zbekiston” bog‘i chegara hududidagi yo‘l orqali “Milliy bog‘” ko‘chasiga yo‘naltiriladi. Hokimlik yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulaylik uchun uzr soʻradi.