Foto: Bunyodkor gastronomik ko‘chasi boʻylab sayr

Poytaxtda shahar aholisi va mehmonlari uchun mo‘ljallangan yana bir gastronomik ko‘cha o‘z faoliyatini boshladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishtirokida ochilgan ushbu loyiha Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini bog‘lab turuvchi, “Xalqlar do‘stligi” metro bekati yonidagi Bunyodkor ko‘chasidir.
Ko‘chada milliy va xalqaro taomlarni taklif etuvchi restoranlar, street-food, do‘konlar va kofeshoplar joylashgan bo‘lib, u zamonaviy landshaft dizayni, qulay piyoda yo‘laklari, ko‘proq o‘rindiqlar, favvoralar va yoritish tizimini yaratish orqali qulay va xavfsiz hududga aylantirildi.
Bu yerdagi ayrim restoran va do‘konlar tun-u kun ishlash tartibiga o‘tkazildi. Qolaversa, mazkur ko‘chada zamonaviy bekat hamda avtoturargohlar ochildi.
Fotosuratlarimiz orqali Bunyodkor gastronomik ko‘chasidan lavhalarni tomosha qiling.
