Yaponiyada "ijaraga buvi" xizmati paydo boʻldi

E’lon qilingan sana· 132
Yaponiyada "ijaraga buvi" xizmati paydo boʻldi

Yaponiyada keksa ayollar pul ishlashni yangi yoʻlini topdi: ular “ijaraga buvi” xizmatini yoʻlga qoʻydi, deya xabar bermoqda “SoraNews24” nashri.

Mamlakatda “OK Obaachan” xizmati paydo bo‘ldi, unda soatiga 3300 iyena (taxminan 280 ming soʻm) evaziga buvilar buyurtmachilarga g‘amxo‘rlik qiladi. Platformada 60 yoshdan 94 yoshgacha bo‘lgan 100 ga yaqin ayollar ro‘yxatdan o‘tgan va har kim o‘ziga yoqqan “buvi"ni tanlashi mumkin.

Professional “buvilar” turli xil ko‘nikmalarga ega. Ba’zilar uy ishlariga yordam berishlari, mazali taom tayyorlashlari mumkin, boshqalari bolalarga xattotlikni o‘rgatishlari yoki shunchaki ularga qarab turishlari mumkin.

Xohlovchilar buvilardan bir soatga shunchaki suhbatlashishni so‘rash mumkin: ular oilaviy nizolarni hal qilishga ko‘maklashish, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashish, hissiy qo‘llab-quvvatlash va hatto Yaponiya tarixi haqida so‘zlab berishga tayyor.

Ushbu xizmat yaqinlari bilan suhbatda qiyinchilikka duch keladigan erkaklar orasida muvaffaqiyat qozonmoqda. Ular uchrashuvda hozir bo‘lishlari va ularga tayanch bo‘lishlari uchun buvilarni yollashadi.

Qizlar sevgan yigitlari bilan munosbatlarni tugatish uchun “ijaraga buvilar"ni taklif qilishmoqda. Bundan tashqari, ayollar yapon jamiyatidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan tadqiqotlarda ishtirok etishni so‘rashadi va buning uchun ham maosh olishadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling