"Shimoliy" vokzalga endi mashinada kirish mumkin — dastlabki 5 daqiqa bepul

E’lon qilingan sana· 72
"Shimoliy" vokzalga endi mashinada kirish mumkin — dastlabki 5 daqiqa bepul

Toshkentning Shimoliy (Markaziy) vokzali oldida avtomobillar uchun alohida yo‘lak paydo bo‘ldi. Endi yo‘lovchilarni yo‘l harakati qoidalarini buzmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish joyida tushirish mumkin.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” xabariga ko‘ra, ushbu yo‘lakda 5 daqiqagacha bepul to‘xtab turish mumkin. To‘xtab turish vaqti 5 daqiqadan 10 daqiqagacha bo‘lsa, belgilangan tarif bo‘yicha haq olinadi, agar haydovchi uzoqroq ushlanib qolsa, jarimaga tortiladi. Qoidabuzarliklar avtomatik ravishda — o‘rnatilishi yakunlanayotgan kameralar va shlagbaumlar yordamida qayd etiladi.

Ilgari jamoat transportining so‘nggi bekati vokzalning oldida bo‘lgan, hozir esa u chetga ko‘chirilgan. Yaqin vaqtgacha haydovchilarning binoga yaqinlashish uchun qonuniy imkoniyati yo‘q edi, bu esa ko‘pincha qoidabuzarlikka olib kelardi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling