Bugun KHAYning bir qismi 4 kunga yopiladi, avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgardi

E’lon qilingan sana· 79
Bugun KHAYning bir qismi 4 kunga yopiladi, avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgardi

Toshkent shahrida Kichik halqa avtoyo‘lining Beshqayrag‘och va Beruniy kesishmalari o‘rtasidagi bir tomonlama yo‘nalish qismi 18−21-iyul kunlari yopiladi, deya xabar bermoqda shahar hokimligi. Bu vaqt oraligʻida 6 ta avtobus yoʻnalishi vaqtinchalik oʻzgaradi. Yoʻllardagi cheklovlarga ushbu hududda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari sabab qilib koʻrsatilgan.

Gap KHAYning Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi haqida ketmoqda. Hokimiyat ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qildi.

Shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu hududda qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali harakat qiladi:

34-sonli avtobus Shifokorlar shaharchasi — Chilonzor metro bekati yo‘nalishida Beruniy ko‘chasi → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

64-sonli avtobus Paxtakor metro bekati — Birlik mavzesi yo‘nalishida Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

87-sonli avtobus Qora Qamish 2/4 mavzesi — Chilonzor 30-daha yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

116-sonli avtobus Shifokorlar shaharchasi — Chilonzor buyum bozori yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

131-sonli avtobus Olimpiya mehmonxonasi — Do‘stlik-2 mavzesi yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

147-sonli avtobus Chorsu savdo markazi ASHB — Chinni bozori yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

Ushbu oʻzgarishlar qarama-qarshi tomonga harakat uchun amal qilmaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling