Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi

E’lon qilingan sana: · 115
Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi

Kichik halqa avtomobil yoʻlining Beshqayragʻoch koʻchasi kesishmasidan Beruniy koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan bir tomonlama yoʻnalish qismi 25-iyul 15:00 dan 28-iyul 06:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Qayd etilishicha, avtomobillar harakati Shayxontohur tumanidagi qurilish-montaj ishlari sabab cheklanadi.

Toshkent shahar hokimligi koʻrsatilgan davr mobaynida muqobil yoʻnalishlardan foydalanishni tavsiya qilgan va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling