Issiqdan saqlanishga yordam beradigan 12 ta foydali topilma

E’lon qilingan sana· 541
Issiqdan saqlanishga yordam beradigan 12 ta foydali topilma

Yoz. Ajoyib fasl. Kunlari uzun, tunlari ham barakali. Bolaligi hovli uyda oʻtganlar yaxshi eslasa kerak, yozning tunlari tashqarida, ochiq osmon ostida (chigirtka va/yoki qurbaqalar tovushi fonida) yulduz sanab yotish uchun ideal edi. Bu yoshlikdagi “relaks” edi.

Afsuski, bugungi kunda iqlim oʻzgarishi tufayli uyning ichida yotish tugul ochiq osmon ostida ham uxlash qiyin boʻlib qoldi. Ayniqsa, yosh bolalar va yoshi kattalar uchun bu issiqda tabiiy havoda uxlash mashaqqat. Mutaxassislar ham buni bot-bot takrorlab keladi. Ushbu maqola ham tunda (!), 32 gradus (!) issiqda yozilmoqda, lekin ayrim vositalar bilan biroz qulayroq holatda.

Men 40 darajali issiq haroratda ham issiq choy ichadigan oʻzbek sifatida shuni aytishim mumkinki, hozir afrikaliklarga havasim kelyapti — chunki u yerda harorat bizdan sezilarli darajada past. Masalan, ishonmasangiz, hozir gadjetingizdagi ilovadan qarab koʻrishingiz mumkin, Afrikaning janubiy qismida joylashgan aksariyat davlatlarda bizdagidan harorat pastroq.

Mayli, choy sovumasin, maqsadga oʻtaylik — tepada maqolani “ayrim vositalar bilan biroz qulayroq holatda” yozyapman, deb aytdim-ku, shu narsalarni siz bilan ham boʻlishishni lozim topdik. Demak, quyida yozning qaynoq haroratida jon saqlashga yordam beradigan Uzum Market’ning hamyonbop topilmalarini keltiramiz.


Ventilyatorlar

Konditsioner yoʻq xonalarda ventilyatorlar jonga oro kiradi. Hozir ularning turli xili bor: ustunlilari, stol uchun, portativ va hokazo. Ana’naviysidan boshlaymiz. Ustunlilari. Masalan, “Eko Fan” ventilyatori. Unda uch xil ishlash (tezlik) rejimi bor. Parraklari plastikdan, xavfsiz. Ammo tezligi va shamol haydashi yaxshi, shu bilan birga uning tovushi ham past, shuningdek, elektr iste’moli ham kam. Narxi esa aksiya doirasida 199 ming soʻm.


Yana bir yaxshi variant bor: 2 tasi birda — ventilyator va havo namlantirgich. Bu biroz qimmatroq, lekin sifat va foydasi ham shunga yarasha — havoni rostan ham ancha namlantirib, xona haroratini ancha moʻtadillashtiradi. Uni 1 495 000 soʻm evaziga xarid qilish mumkin.


Shuningdek, ventilyatorlarning boshqa turlari ham bor. Masalan, kichik hajmli, koʻtarib yursa boʻladigani. Ushbu mini ventilyatorni quvvatlash kerak boʻladi. Koʻchada olib yurishga qulay. Unga, shuningdek, telefonni oʻrnatib, video kontentlarni tomosha qilish mumkin. Ushbu portativ mini ventilyatorni aksiya doirasida 29 ming soʻmga xarid qilish mumkin.


Yana bir ajoyib topilma bor: boʻyinga taqiladigan ventilyator. Avval bunaqasini uchratmagan boʻlishingiz mumkin, ha, tinib-tinchimagan odamlar bunaqasini ham topishgan. U ishxonada, koʻchada, umuman, koʻp holatlarda qoʻl kelishi mumkin. Ventilyatorni quvvatlantirib, boʻyningizga taqish kifoya, xuddi ishlatilmayotgan quloqchinlardek boʻyningizda turadi. Uning ham uch xil rejimi bor. Uni 74 990 soʻmga xarid qilishingiz mumkin, sotib olgan odamlarning aksariyati u bu narxga arzishini yozishmoqda.


Tepadagi sizni hayron qoldirmadimi? Unda yana bir urinib koʻramiz: belga taqiladigan mini ventilyator! Tasavvur qiling, metroda ketyapsiz, tiqilinch, kamiga eski metro vagonlari. Lekin sizda mana shu ventilyator bor. Mazza-a? Sinab koʻrish kerak. Atigi 145 ming soʻm turadi, lekin jonni rohati, ayniqsa yuqoridagi holatda.


Shaxsiy konditsioneringiz boʻlishini istaysizmi? Faqat sizga xizmat qiladi va issiqda rostan ham yordam beradi. Unda mana bu mana bu mini konditsionerni xarid qiling, arzon, portativ, qulay va real yordam beradigan variant. Quvvatlanadi. Uning afzalligi shundaki, u havoni namlantiradi, havoni suv aralash yaxshi haydaydi. Foydalanuvchilar bir kishi uchun juda zoʻr variant ekanini yozishgan. U atigi 180 ming soʻm turadi (Uzum karta bilan xarid qilganingizda 162 ming soʻm).


Kiyimlar

Uxlash qiyin boʻlyaptimi? Kiyimlarni ham havoga moslashtirish kerak: havo oʻtkazuvchi, iloji boʻlsa 100 foiz paxtadan qilingan kiyimlarni kiyish afzal. Masalan, ayol-qizlar mana bu uchtali pijamani sinab koʻrishlari mumkin. Uchtasi birda boʻlgan toʻplam oversayz boʻlib, materiali tanaga yoqimli. Trendda boʻlganlar Labubu haqida eshitgan boʻlsa kerak, aynan shuning surati tushirilgan pijamalar ham bor. Ularni 89 ming soʻm evaziga xarid qilishingiz mumkin.


Kundalik kiyish uchun futbolkalarni ham 100 foiz paxtalisini tanlagan ma’qul. Uning matosi tanaga yoqimli va havo oʻtkazuvchan boʻladi. Masalan, yuqoridagi uniseks futbolkalarni koʻp xil rangda 22 900 soʻmdan sotib olishingiz mumkin. Ularni xarid qilganlardan yaxshi fidbeklar boʻlgan, sotib olishni tavsiya qilishgan, shu sababli biz ham ushbu toʻplamga bu futbolkalarni ham kiritdik.


Aksessuarlar

Agar bu issiqda koʻchada koʻp yuradigan boʻlsangiz (avvalo buni tavsiya qilmaymiz), soyabon olishni unutmang. Quyoshning oʻtkir nurlaridan saqlanish kerak, issiq sogʻligingizga yomon ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli koʻchaga chiqsnagiz, soyabon yoki bosh kiyim bilan chiqing. Yuqoridagi soyabon aynan quyoshdan toʻsish uchun moʻljallangan boʻlib, yoz kunlarida yaxshi hamrohingizga aylanadi. U 239 ming soʻm turadi.


Koʻzoynakni eslatishimiz shartmasdir-a? Oʻzingizda bordir? Boʻlmasa, mana bu variantni koʻringchi, quyoshga chiqqanda qorayuvchi koʻzoynaklarni kompyuter nurlaridan himoyalanish uchun ham taqsangiz boʻladi. U 69 900 soʻm turadi.


Pssst etib ochilgan muzdek ichimlikni tasavvur qiling. Ovozini oʻzidan ichgingiz keladi, shundaymi? Bunday ichimliklarga muz ham qoʻshvorgingiz keladi. Albatta, muzni ham oʻzingiz tayyorlashingiz mumkin, bu uchun muz uchun maxsus shaklli idishlarni buyurtma qilishingiz kerak, xolos. Suv solib, muzlatkichga qoʻyasiz, boʻldi, tayyor boʻlganda ichimlikka qoʻshaverasiz. U 30 ming soʻm turadi.


Basseyn

Bolalarni ham xursand qilishni xohlayapsizmi? Toʻgʻri qilasiz, ular ham ta’tilini qiziqarli oʻtkazishga haqli. Tez yigʻiladigan basseyn variantiga nima deysiz? Masalan, ushbu basseyn 949 ming soʻm turadi. Yigʻish oson, asosan bolalar uchun qulay, lekin kattalar ham salqinlash uchun ishlatishi mumkin. Nima deysiz, buyurtma qilamizmi?


Bonus

Ayfonchilar, bu issiqqa telefoningiz ham chidolmay, qizib ketyaptimi? Agar qizib ketsa, telefon quvvat ham olmaydi, eng yomon joyi shu. Lekin yechim bor. Masalan, hozir telefonni sovutish uchun maxsus ventilyatorchalar bor. Buni PUBG oʻynovchilar yaxshi taniydi.

Ushbu kuler quvvat bilan ishlaydi, telefon orqasiga oʻrnatiladi, shu xolos. U 135 ming soʻm turadi. Tovishi pastligi, tez sovutishi va qulayligi haqida fidbeklar bor.


Doʻstlar, siz bu issiqdan qanday saqlanyapsiz? Tajribalaringizni izohlarda qoldirib keting, biz ham bilaylik.

Material Uzum Market ko‘magi bilan tayyorlandi.

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling