Toshkentda svetofor signallari navigatorda ko‘rsatila boshlandi

E’lon qilingan sana· 248
Toshkentda svetofor signallari navigatorda ko‘rsatila boshlandi

Toshkent shahrida yangi raqamli funksiya joriy etildi. Unga koʻra, navigatsiya xaritalarida endi real vaqt rejimida svetofor chirog‘ining rangini ko‘rish mumkin.

Yangilik ayrim hududlarda, masalan, Amir Temur shoh ko‘chasi hamda Tiklanish va Gulyor ko‘chalari chorrahasida ishlamoqda.

Endi haydovchilar svetoforning o‘zi ko‘rinmasa ham, eng yaqin chorrahada qanday chiroq yonayotganini oldindan ko‘ra oladi. Bu, ayniqsa, tuman, yomgʻir yoki murakkab chorrahalarda qulaylik yaratadi.

Yaqin kelajakda interfeysda taymer ham ishga tushirilishi va’da qilinmoqda. Signal o‘zgarishidan oldin teskari sanoq boshlanadi. Bunday tizim keskin tormozlanish va boshqalarning oldini olishga yordam beradi, ya’ni avariyalar sonini kamaytiradi.

Xavfsizlikni oshirishdan tashqari, tizim marshrutlarni aniqroq hisoblashga yordam beradi, chunki prognoz oʻrtacha emas, balki har bir chorrahada haqiqiy kutish vaqtini hisobga oladi. Haydovchilarga yashil to‘lqindan o‘tish uchun optimal tezlik — ya’ni to‘xtamasdan bir qator yashil signallar haqida ham maslahat beriladi.

Hozircha funksiya test rejimida ishlamoqda, biroq kelajakda uni O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha Ichki ishlar vazirligi ishtirokida CarPlay, Android Auto va taksi haydovchilari uchun ilovalar orqali mavjud Yandex texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Toshkentda svetofor signallari navigatorda ko‘rsatila boshlandi — Toshkent Afishasi