Oʻzbekistonda avgust oyida issiq havo saqlanib turadi, ammo oy oxiriga kelib salqinlasha boshlaydi

O‘zbekistonda avgust oyi quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bilan boshlanadi, deyiladi O‘zgidrometning 2025-yil avgust oyi uchun ob-havo ma’lumotida.
Kunduzi harorat +34…+37 daraja atrofida saqlanib turadi, mamlakat janubida ba’zi joylarda +40…+41 darajagacha ko‘tariladi. Oyning birinchi haftalarida kechalari +18…+23 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyi uchun bunday issiqlik normal holat. Bu oydagi harorat iyul oyiga nisbatan 1,5−2,5 darajaga pastroq boʻladi. Biroq bu hali ham yilning eng issiq va eng qurgʻoqchi oylaridan biri boʻlib qoladi.
Avgust oyining ikkinchi yarmida issiqlik pasaya boshlaydi. Uchinchi oʻn kunlikda havo harorati kunduzi +30−35 daraja, kechasi esa 13−18 darajagacha pasayadi. Mamlakat janubida havo +36…+38° gacha iliqroq boʻladi.
Avgust oyida deyarli yogʻingarchilik kutilmaydi: Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida bu yilning eng qurruq oyi hisoblanadi. Pasttekisliklarda yomgʻir deyarli kuzatilmaydi, togʻlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Toshkent shahrida avgust oyida havoning mutlaq maksimal harorati +43,1°C boʻlib, 1944-yilda qayd etilgan. Butun kuzatishlar tarixidagi eng issiq avgust 2021-yil, eng salqini 1912-yil boʻlgan.
Avgust oyining oxiriga kelib iqlim asta-sekin oʻzgaradi, salqin havo oqimlari tez-tez boʻlib turadi, +40° C dan yuqori haroratli kunlar soni 2−3 barobar kamayadi.