Dam olish kunlari havo ochiq va quruq bo‘ladi

Avgust oyining ilk kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet. Juma kunduzi Farg‘ona vodiysida, shuningdek, Toshkent viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Havo harorati +32…+35 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +38 darajagacha bo‘ladi. Bu avgust oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim me’yorlaridan 1−2 darajaga pastdir, deyiladi xabarda.
Toshkent shahrida juma kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Dam olish kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida shamol tezligi 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20…+23 daraja, kunduzi +32…+35 daraja bo‘ladi.