Samarqanddagi osh festivalida 7 tonna palov tayyorlandi

E’lon qilingan sana· 146
Samarqanddagi osh festivalida 7 tonna palov tayyorlandi

Samarqand shahrida 2025-yil 1−3 avgust kunlari ilk bor “Samarqand oshi” festivali oʻtkazildi.

Festivalning birinchi kuni Sulton Hovand Beka maqbarasi — Ashratxona hududida bo‘lib o‘tdi. Bu bosqichda O‘zbekistonning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan oshpazlar 5 kilogramlik brend palovlarini tayyorlab, o‘z hududlarining o‘ziga xos taom uslublarini namoyish etdi. Palovlar ta’mi, tayyorlanish usuli va ko‘rinishi asosida baholandi.

Ikkinchi kun tadbirlari esa Alisher Navoiy ko‘chasida davom ettirildi. Unda 20 dan ortiq xorijiy oshpazlar qatnashib, o‘z milliy taomlarini namoyish etdi. Mahalliy oshpazlar ham o‘z an’anaviy taomlari bilan festivalga hissa qo‘shdi.

Festival doirasida turli madaniy dasturlar — jonli musiqa, raqs va teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari tashkil etildi. Ayniqsa, 30 metr uzunlikdagi rekord darajadagi shashlik tayyorlandi.

Shuningdek, “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasida 50 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy oshpaz ishtirokida 7 tonnalik palov tayyorlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling