Jennifer Lopesning konsertiga borish uchun bepul avtobuslar yoʻlga qoʻyiladi
E’lon qilingan sana: · 184

Jennifer Lopesning “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadigan konsertiga borish uchun tadbir mehmonlariga bepul avtobus yoʻnalishlari tashkil etilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Avtobuslar quyidagi nuqtalardan yuradi:
- Tashkent City Mall;
- Hyatt Regency mehmonxonasi;
- Humo Arena.
Avotbuslar soat 16:00 dan boshlab uzluksiz harakat qiadi. Transportning old oynalarida “Bunyodkor” stadioni yo‘nalishi ko‘rsatiladi.
Konsertdan soʻng avtobuslar tomoshabinlarni ushbu uchta manzilga qaytaradi. Ikki tomonlama sayohatlar bepul.