Zamonaviy san’at markazi yosh rassomlar uchun ochiq tanlov e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 574
Zamonaviy san’at markazi yosh rassomlar uchun ochiq tanlov e’lon qildi

Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi (CCA) o‘zbekistonlik rassom va dizaynerlar uchun yangi ijodiy imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Markaz 2025-yil 1-sentabrdan 5-oktabrgacha davom etadigan rezidentlik dasturida ishtirok etish uchun ochiq tanlov e’lon qildi.

Tanlovda san’at sohasida ilk qadamlarini qo‘yayotgan va faoliyat olib borayotgan ijodkorlar qatnashishi mumkin. Dastur “Namuna” va “Hastimom” mahallalarida joylashgan studiyalar va yashash maydonlaridan foydalanish imkoni beradi.

Ariza topshirish muddati — 2025-yil 18-avgustgacha.

Nomzodlardan quyidagi hujjatlar ingliz tilida talab etiladi:

  • motivatsion xat (1 betgacha);
  • PDF shaklidagi portfolio (10 sahifagacha);
  • qisqacha tarjimai hol va ishtirok etilgan ko‘rgazmalar ro‘yxati.

Arizalarni quyidagi manzilga yuborish lozim.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling