Toshkentda 1-oktyabrdan issiqlik ta'minoti va issiq suv tariflari oshirilishi mumkin

E’lon qilingan sana· 141
Toshkentda 1-oktyabrdan issiqlik ta'minoti va issiq suv tariflari oshirilishi mumkin

“Veolia Energy Tashkent” bosh direktori 1-oktabrdan aholi uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflarini 15 foizga — 1 Gkal uchun 121,6 ming so‘mdan 139,8 ming so‘mdan ko‘proqqa oshirishni taklif qildi (QQSsiz). Tadbirkorlik sub’ektlari uchun oʻsish 40%, budjet tashkilotlari uchun esa 19% boʻlishi mumkin.

Taklif xalq deputatlari poytaxt Kengashi tomonidan ma’qullanishi va yangi tariflar kuchga kiradigan sanani belgilaydigan Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Narxlar oxirgi marta 2024-yilning noyabrida ko‘tarilgan edi. Veolia indeksatsiyani energiya resurslari narxining oshishi bilan izohlamoqda, davlat esa aholi uchun bazaviy narxning salmoqli qismini qoplashda davom etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling